
Akademiya vakillari “TalabaExpo-2025” kasb ko‘rgazmasida ishtirok etishdi
Bugun poytaxtimizdagi “Zakovat” arenasida oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchi talabalar uchun “O‘zmilliybank” AJ bilan hamkorlikda yirik ish beruvchi kоrхоnаlаr ishtirokida “TalabaExpo-2025” kasb ko‘rgazmasi boshlandi.
Mazkur tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga koʻmaklashish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilmoqda.
Uch kun davom etadigan ushbu yirik loyiha yoshlar uchun katta imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
Mazkur festivalda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi vakillari ham faol ishtirok etishdi.
Ko‘rgazma doirasida talaba yoshlar va bitiruvchilar ishga joylashish, startaplarini taqdim etish, bilim va ko‘nikmalarini namoyish qilish, shuningdek, yetakchi mutaxassislar bilan tarmoq tuzish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish