
Akademiya talabalari uchun master klass darsi tashkil etildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “O‘zbekistonda turizm faoliyatini raqamlashtirishning asosiy yo‘nalishlari va samaradorligini oshirish yo‘llari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida “The Internationalization of Spanish Destination Branding” mavzusida ilmiy-uslubiy dars tashkil etildi.
Mazkur darsda Qo‘qon universiteti “Xalqaro turizm va iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti Maria de los Angeles Perez Sanchez ma’ruza qildi.
Unda Akademiyaning “Turizm va mehmondo‘stlik” yo‘nalishida tahsil olayotgan bakalavriat va magistratura bosqichining 1-2-kurs talabalari ishtirok etdi.
Dars davomida dotsent Maria de los Angeles Perez Sanchez Ispaniyaning turistik imidji qanday shakllangani, mamlakatning madaniy, tarixiy va geografik jihatlari qanday qilib xalqaro sayyohlar ongida mustahkam brend sifatida tanilgani haqida atroflicha tahliliy ma’lumot berdi. U brendlashtirish jarayonida kommunikatsion strategiyalar, raqamli marketing, vizual identifikatsiya va madaniy qadriyatlarning qanday uyg‘unlashtirilgani haqida misollar keltirdi.
Darsda Ispaniyaning mashhur destinatsiyalari – Barselona, Madrid, Andalusiya, Valensiya kabi hududlarning xalqaro bozorda qanday pozitsiyalanganiga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Ma’ruzachi tomonidan Ispaniya misolida brendni xalqaro miqyosda ilgari surishning zamonaviy usullari, raqamli platformalardan foydalanish, hamkorlikdagi media kampaniyalar, va ijtimoiy tarmoqlarning o‘rni muhim omillar sifatida taqdim etildi.
O‘zbekistonning turistik salohiyati yuqori ekanini qayd etib, milliy brend yaratishda tarixiy meros, madaniy xilma-xillik va mehmondo‘stlik an’analarining xalqaro bozorda targ‘ib qilinishi dolzarb yo‘nalish ekanini ta’kidlab o‘tildi.
Master klass mashg‘uloti interaktiv shaklda o‘tkazilib, talabalar Ispaniyadagi turizm siyosati, marketing strategiyalari, shuningdek, o‘zbek turizm brendi qanday rivojlantirilishi mumkinligi haqida fikr almashdilar. O‘quv mashg‘uloti davomida talabalarda brend konsepsiyasi, xalqaro bozorda raqobatbardoshlik va zamonaviy reklama vositalaridan foydalanish bo‘yicha bilim va tasavvurlar mustahkamlandi.

- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish