1

O‘qituvchi va xodimlar o‘rtasida “Rektor kubogi” sport musobaqalari o‘tkazildi

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Rektor kubogi” sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Akademiya o‘qituvchi va xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan bellashuvlar sportning mini futbol, shaxmat-shashka, stol tennisi, voleybol turlari bo‘yicha tashkil etildi.

Yuqori kayfiyat va qizg‘in ruhda o‘tgan bahslar yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Izoh qoldirish