
Akademiyada “Uch avlod uchrashuvi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Talabalar turar joyida “Uch avlod uchrashuvi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
“Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi hamda Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan mazkur tadbir keksa avlod vakillarining boy tajribasini o‘rganish, ezgu fazilatlarini ibrat sifatida ko‘rsatish, ta’lim-tarbiya ishlari samaradorligini oshirish, ularning mehnatini e’zozlash maqsadida tashkil etildi.
Unda Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi boshlig‘i Rahmatilla Gaipnazarov, “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professorlari – Ahadjon Hasanov, Ne’matullo Muhamedov, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda mamlakatimizda inson omiliga yuksak e’tibor berilayotgani, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan jamiyatimizning har bir a’zosiga g‘amxo‘rlik, mehr-oqibat ko‘rsatilayotgani, inson qadr-qimmati, uning orzu-niyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratib berish ustuvor vazifaga aylangani alohida ta’kidlandi.
Yoshi ulug‘ faxriylar hayoti va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribasi, yoshlik davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar, bugungi kunda ko‘rsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida o‘z dil so‘zlarini, samimiy fikrlarini bildirdi.
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish