2

O‘zbek ma’rifatparvarlari tarix zarvaraqlarida

Milliy o‘zlikni anglash va boy tariximizni tiklash har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etayotgan bugungi davrda shavqatsiz qatag‘on siyosatining qurbonlari bo‘lgan davlat va jamoat arboblari, ilm-fan, madaniyat va san'at namoyondalarining nomlari va xotiralarini abadiylashtirish, ularning jasorati va matonati misolida yosh avlodni Vatanga va xalqimizga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash dolzarb vazifa hisoblanadi.

Shu maqsadda O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazida Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi bilan hamkorlikda “O‘zbek ma’rifatparvarlari tarix zarvaraqlarida” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi “Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi. 

Seminarda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Toshkent davlat stomatologiya instituti, Diplomat University, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti, Toshkent shahridagi Vebster universitetilarida tahsil olayotgan xorijiy talabalar ishtirok etishdi.

Seminarda “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professori Saidakbar Agzamxo‘jayev jadid ma’rifatparvarlarining ibratli hayoti va ilmiy faoliyati haqida ma’ruza qildi. 

Shuningdek, Akademiya Talabalar teatr studiyasi tomonidan jadid allomalarimiz haqida hikoya qiluvchi spektakl namoyish etildi. 

Seminarda so‘zga chiqqanlar tomonidan tarixchilar, mutaxassislar o‘z ma’ruzalarida ajdodlarimizning boy merosini o‘rganish va ularning ma’rifatparvarlik g‘oyalari, buyuk xizmatlariga hurmat va ehtirom ko‘rsatish har birimizning burchimiz ekanligini ta’kidlab o‘tishdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish