1

Akademiyada talabalar uchun trening mashg‘uloti o‘tkazildi

Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda “Global Money Week” (“Umumjahon pul haftaligi”) o‘tkazilmoqda.

2020-yildan buyon har yili an’anaviy o‘tkaziladigan mazkur haftalik doirasida talabalar uchun moliyaviy savodxonlikni oshirish bo‘yicha o‘quv tadbirlari va loyihalar tashkil etiladi.

Bugun esa haftalik doirasida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Ertangi moliyaviy imkoniyatlaringiz bugungi qarorlaringizdan boshlanadi” mavzusida amaliy-trening mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Treningda Islomshunoslik fakulteti dekani Jahongir Tohirov, Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i Gulyuz Turayeva, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi.

Davra suhbatida Markaziy bank masʼul xodimlari tomonidan mavzu yuzasidan amaliy ko‘nikmalar berildi.

Izoh qoldirish