
Talabalar uchun dolzarb mavzuda davra suhbati o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 3-yanvardagi “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida mas’ul tashkilotlar tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Qarorga muvofiq, 15-aprel kunidan 15-mayga qadar respublika bo‘ylab “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazilishi belgilandi.
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ham oylik doirasida “Jinoyatchilikni oldini olish va narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda Akademiyaning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Habibullo Sadibaqosev, Toshkent shahar Shayxontoxur tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Otabek Jamolov, boshqarma Tergov bo‘limi boshlig‘i Jasur Shonazarov, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.
Tadbirni Akademiya prorektori kirish so‘zi bilan ochib berar ekan, jinoyatchilik va narkotik moddalar bilan bog‘liq muammolar bugungi kunda nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyoda jamiyat uchun jiddiy xavf solayotgan muammolardan biri hisoblanishini qayd etdi. Yoshlar o‘rtasida bu kabi illatlarning tarqalishi kelajagimizga bo‘lgan tahdid ekani, shu bois, bu muammolarga qarshi kurashda faqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar emas, balki barchaning vazifasi ekanini ta’kidladi.
Davra suhbatida mazkur oylikning mazmun-mohiyati haqida talabalarga tushuncha berildi. Profilaktik tadbirlar davomida internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali giyohvand moddalarni sotish holatlarini aniqlash, uyushgan jinoiy sxemalarni fosh etish va yoshlar orasida taqiqlangan moddalar tarqalishining oldini olish bo‘yicha manzilli tezkor-profilaktik tadbirlar rejalashtirilgani ta’kidlandi.
Mutaxassislar tomonidan giyohvandlik vositalarini iste’mol qilishning salbiy oqibatlarini tushuntirishga qaratilgan ma’ruzalar tinglandi. Yoshlarning bu yo‘lga kirib qolishining oldini olish dolzarb masala ekani ta’kidlanib, bu illatga qarshi kurashish har bir ongli fuqaroning mas’uliyatli burchi ekani uqtirildi.
Narkologik moddalarni isteʼmol qilgan shaxslarning shaxslar psixologik va tibbiy xolati, organizmidagi oʻzgarishlari toʻgʻrisida batafsil toʻxtalib oʻtildi hamda giyohvand, tamaki va alkogol moddalarni isteʼmol qilishning zararli oqibatlari haqida statistik maʼlumotlar asosida yoshlarga keng tushuntirishlar berildi.
Tadbir yakunida talabalar oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdilar.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish