
Akademiyada “Talabalar bahori” festivali o‘tkazildi
Yoshlar, tom maʼnoda, Oʻzbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi hisoblanadi. Zero, yangi Oʻzbekiston yoshlari kelajagimiz va istiqbolimiz poydevoridir.
Mamlakatimizda yoshlar ta’lim-tarbiyasi davlat siyosatining eng muhim yoʻnalishlaridan biri sanalib, yoshlarning barkamol inson boʻlib ulgʻayishi uchun alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 14-fevral kuni yoshlar bilan muloqotida ham ertamiz egalarining ma’naviy tarbiyasi va mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ularni yot g‘oyalardan asrash har birimizning vazifamizga aylanishi shartligi yana bir bor ta’kidlandi.
Shu bois, yosh avlodda milliy ruhiyatni shakllantirish, qadriyatlarimizga hurmat tuyg‘usini yanada kuchaytirish maqsadida bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yoshlar – kelajak bunyodkori” shiori ostida “Talabalar bahori” festivali o‘tkazildi.
Festival doirasida “Besh tashabbus sayli”, “Varrak shou”, kafedralar o‘rtasida “Bahoriy taomlar dasturxonlari” tanlovi, “Osh musobaqasi” tashkil etildi.
Shuningdek, kitoblar, hunarmandchilik buyumlari savdo yarmarkasi, milliy liboslar, turli millat xalq hunarmandchiligi mahsulotlari koʻrgazmasi bo‘lib o‘tdi.
“Rektor kubogi” sport musobaqalari doirasida talaba yigitlar va qizlar o‘rtasida sportning mini futbol, stol tennisi, shaxmat va shashka, armrestling, kibersport musobaqalari o‘tkazildi.
Shundan so‘ng festivalning badiiy qism katta tantanalar bilan boshlandi.
Akademiya hududi bo‘ylab karnay-surnay sadolari yangradi. Muassasa bo֥‘ylab bayram shukuhi kezarkan, yoshlarning qalbida hayajon, ko‘tarinkilik, tillarda shukronalik jo‘sh urdi.
Tadbirni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov ochib berib, ishtirokchilarni bayram sayli bilan muborakbod etdi.
Yoshlar ijrosida “O‘zbekiston”, “O‘zbekiston yoshlari” qo‘shiqlari, “QVZ shou”, qo‘shiqlar guldastasi taqdim etildi.
Milliy liboslar namoyishi, talabalar ijrosida jadidlar tilidan milliy qadriyatlarimiz haqidagi sahna koʻrinishi, fakultetlarning belgilangan viloyatlar kesimidagi chiqishlari namoyish qilindi.
“Ziyo-zukko” nodavlat taʼlim muassasi oʻquvchilari, milliy madaniy markazlar hamda mehmon san’atkorlarning chiqishlari kechaga yanada fayz ulashdi.
“Dj Umar” ishtirokidagi “DANCE SHOU” talabalarda o‘zgacha taassurot qoldirdi.
Tadbir davomida “Talabalar bahori” festivali doirasidagi tanlov va musobaqalar g‘oliblari hamda har tomonlama faol bo‘lgan talabalar taqdirlandi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish