
Bitiruvchi bosqich talabalari uchun davra suhbati o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, yoshlarning bandligini ta’minlash, oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining mehnat bozoriga integratsiyasini kuchaytirish maqsadida mamlakatimizda “Kelajakka qadam” dasturini amalga oshirish belgilangan.
Shu bois, joriy yilning 20-mart kuni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda “O‘zmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolangan edi.
Mazkur kelishuvga ko‘ra, “O‘zmilliybank” AJ tomonidan Akademiya talabalarining biznes g‘oyalarini moliyalashtirish, bitiruvchi va quyi bosqich talabalari o‘rtasida sohalar bo‘yicha ochiq tanlovlar o‘tkazish va g‘oliblarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish ko‘zda tutilgan.
Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Biznes g‘oyadan tayyor loyihagacha” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda “O‘zmilliybank” AJ menejeri Akrom Shernayev, Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Ilyos Mirziyotov, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi boshlig‘i Rahmatilla Gaipnazarov, Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i Gulyuz Turayeva, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi.
Mazkur davra suhbati “Kelajakka qadam” markazining hududiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda oʻz biznes gʻoyalarini amalga oshirish istagida boʻlgan bitiruvchi bosqich talabalari uchun tashkil etildi.
Tadbir davomida bitiruvchi bosqich talabalari uchun biznes-treninglar tashkil etish, ish beruvchilar ishtirokida ochiq tanlovlar o‘tkazish va g‘oliblarga individual kasbiy ta’lim dasturlarini taklif etish masalalari muhokama qilindi.
Davra suhbatida “Kelajakka qadam” dasturi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishlariga, kasbiy rivojlanishlariga keng imkoniyat yaratishi ta’kidlandi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish