
Talabalar ishtirokida “Konfessiyalararo muloqot” klubi anjumani o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yangi O‘zbekistonda dinshunoslik ta’limi va ilmiy tadqiqotlar” respublika forumi doirasida “Konfessiyalararo muloqot” klubi anjumani bo‘lib o‘tdi.
“Konfessiyalararo muloqot” klubi O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talaba-yoshlari o‘rtasida diniy bag‘rikenglik, millatlararo va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish, notiqlik va kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish bo‘yicha faoliyat ko‘rsatadi.
Klubning navbatdagi anjumanida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan muvofiqlashtirgan holda respublikamizda faoliyat yuritayotgan oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etdilar.
Talabalar ilmiy anjumanida “Dunyo dinlari ta’limotlarida atrof-muhit muhofazasi masalalari” bosh mavzu sifatida muhokama uchun tavsiya qilinib, unda dinshunoslik va ma’naviy taraqqiyot, xristianlikning pravoslavlik qarashlarida ekologiyaga munosabat, islom dinida atrof-muhit muhofazasi, hadislarda atrof-muhitni asrash borasida kelgan ko‘rsatmalarning bugungi kundagi tatbiqi, atrof-muhitning inson ruhiy salomatligiga ta’siri kabi mavzular muhokama qilindi.
Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati Konsepsiyasi”ning ijtimoiy-siyosiy ahamiyati, “O‘zbekiston va UNESCO aloqalari: hamkorlikning bugungi holati va rivojlantirish istiqbollari”, “Dinshunoslik” fanini o‘qitish: texnologiyalar, yutuqlar, muammolar va yechimlar”, “O‘zbekiston va UNESCO o‘rtasida ta’lim sohasidagi munosabatlar”, “Bolalarga ekologik tarbiya berishda asriy an’analar va zamonaviy yondashuvlar uyg‘unligi” kabi mavzular talabalar nigohida tahlil etildi.
Anjuman “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi tayanch doktorant va magistrantlari moderator va kuzatuvchiligida o‘tkazildi.
Talabalar mavzular yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini o‘rtoqlashishdi.

- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish