2

Akademiyada “Konfessiyalararo muloqot” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Bugungi globallashuv jarayonida diniy bag‘rikenglik, dinlararo totuvlik, o‘zaro hamkorlik masalasi rivojlangan va rivojlanib borayotgan mamlakatlarning tinchligi va taraqqiyoti uchun eng muhim tamoyillardan biri bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz. 

Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, qadim-qadimdan yurtimizda turli madaniyat, til, urf-odatlar, o‘z turmush tarziga ega bo‘lgan turli dinlarga e'tiqod qiluvchi va bir-biriga o‘xshash bo‘lmagan turli xalqlar, millatlar yashab kelayotgan zamindir desam mubolag‘a bo‘lmaydi.

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yangi O‘zbekistonda dinshunoslik ta’limi va ilmiy tadqiqotlar” nomli respublika forumi doirasida “Konfessiyalararo muloqot” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo’yicha qo‘mitasi va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamkorligida tashkil etildi.

Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Konfessiyalar bilan ishlar bo‘limi boshlig‘i Bekzod Qodirov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik fakulteti dekani Jahongir Tohirov, “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi mudiri Odiljon Ernazarov, Yettinchi kun xristian-adventistlar cherkovi Bosh konferensiyasining Yevro-Osiyo divizioni (boʼlimining) birinchi raisi oʼrinbosari Oleg Goncharov va O‘zbekistondagi Yettinchi kun xristian-adventistlar cherkovi vakili Andrey Ten, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdilar.

Muloqot davomida Oleg Goncharov O‘zbekiston hukumati tomonidan diniy konfessiyalar uchun yaratilib berilayotgan imkoniyatlarni yuqori baholadi.

O‘zbekistondagi diniy erkinlik, dinlararo barqarorlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash borasida jiddiy qadamlar tashlangani, bu boradagi ijobiy o‘zgarishlar xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilayotganini ta’kidladi.

Izoh qoldirish