
Hashar – hamjihatlik va qut-baraka asosi
Xalqimizning asrdan asrga o‘tib kelayotgan ezgu fazilatlardan biri hashar hisoblanadi. Uning zamirida xalqimizning vatanni sevish, yurtni obod etish, o‘zgalarni e’zozlash va farovon turmush barpo etishga intilishi mujassam. Ayniqsa, kunlar isib, ona tabiat ekan yashillikka burkanar ekan, joylarda hasharlar o‘tkazish, hududlarni obodonlashtirish tadbirlarini amalga oshirish yaxshi an’anaga aylangan.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham mazkur tadbir yuqori kayfiyat va uyushqoqlik bilan tashkil etildi.
Professor-o‘qituvchilar hamda talabalar oliy ta'lim muassasasi hududida keng obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini olib borishdi.
Shuningdek, tadbirlar Akademiyaning Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 2-Talabalar turar joyida ham bo‘lib o‘tdi.
Hashar davomida daraxtlar oqlandi. Gul ko‘chatlari ekildi. Chiqindilar belgilangan hududlarga olib chiqildi. Hashar elga yarashar, deydilar. O‘zaro hamjihatlik, inoqlik asosida tashkil etilgan xayrli tadbir natijasida Akademiya hududi ozoda, shinam va obod holga keltirildi.

- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish