
Din psixologiyasi va radikallashuv masalalari
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida L.N.Gumilyev nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti bilan hamkorlikda “Din psixologiyasi va radikallashuv masalalari” mavzusida II xalqaro bahorgi din psixologiyasi maktabining ilmiy seminari o‘tkazildi.
“Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi tomonidan ZOOM platformasi orqali onlayn va oflayn formatda tashkil etilgan seminarda kafedra mudiri Zebo Kasimova, Qozog‘iston universitetining Islom huquqi markazi rahbari, dinshunos olim Askar Sabdin, kafedra a’zolari hamda talabalar ishtirok etdi.
Seminarda “Tasavvufning psixologik masalalari diniy-psixologik hodisa sifatida”, “Zamonaviy musulmonlarning diniy muloqotida dunyoqarash: multimodal jihatlar” hamda “Mo‘min musulmonning me’yoriy xulq-atvorining shartlari” kabi mavzularida ma’ruzalar tinglandi.
Ushbu ilmiy maʼruzalar din psixologiyasi, islom psixologiyasi, diniy va dunyoviy bilimlarning uygʻunligini taʼminlash, Oʻzbekistonda din psixologiyasining rivojlanish istiqbollari, dunyoviy va diniy taʼlim muassasalarida psixologiya va din psixologiyasi fanlarini oʻqitish imkoniyatlari, yangicha yondashuvlar va innovatsion texnologiyalar kabi masalalarga bagʻishlandi.
Bu orqali boʻlajak psixologlar oʻz bilim, koʻnikma va malakalarini yanada rivojlantirib, psixologik kompetentliklarini oshirdilar.

- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish