
Amir Temurning davlatchilik merosi va zamonaviy xalqaro munosabatlar
9-aprel – Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, tarixchi olimlar ishtirokida davra suhbatlari tashkil etilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi tomonidan o‘tkazildi.
“Amir Temurning davlatchilik merosi va zamonaviy xalqaro munosabatlar” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Rahmatilla Gʻoyibnazarov, fakultet dekani Farhod Karimov, dekan o‘rinbosari Otabek Rasulov, “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professori Saidakbar Agzamxodjaev, “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va tyutorlar ishtirok etishdi.
Tadbirni Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Farhod Karimov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan keyin Jahongir Akramov “Sohibqiron Amir Temurning G‘arbiy Yevropa hukmdorlari bilan siyosiy munosabatlari”, Saidakbar Agzamxodjaev “Amir Temur davlatchiligining – zamonaviy davlatchilikdagi ahamiyati”, Shoislom Akmalov “Amir Temur davlat boshqaruvida tashqi siyosatni olib borish masalalari” mavzularida o‘z tezislarini taqdim etishdi.
Tadbir davomida “Xalqaro munosabatlar” tugaragi a’zolari o‘rtasida Zakovat intellektual bellashuvi ham tashkil etildi.
Bellashuv ishtirokchilariga kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan Amir Temurga oid kitoblar sovg‘a qilindi.

- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish