9

Sohibqiron Amir Temur avlodlar nigohida

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Sohibqiron Amir Temur avlodlar nigohida” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbir Sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti tomonidan tashkil etildi.

Mazkur uchrashuv yig‘ilganlarda tarixiy bilimni mustahkamlash, milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada yuksaltirish Amir Temurning boy tarixiy merosi, adolat tamoyillariga asoslangan boshqaruv tizimi, “Temur tuzuklari” asarining davlat boshqaruvidagi ahamiyati kabi ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qildi.

Davra suhbatida fakultet dekani Ilyos Mirziyotov, “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professori Aftondil Erkinov, Obidjon Tangirov, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

Davra suhbatida so‘zga chiqqanlar tomonidan buyuk Amir Temur bobomizning ibratli hayot yo‘li, davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan va madaniyat homiysi sifatidagi faoliyati hamda ulkan bunyodkorlik ishlari haqida so‘z yuritildi. Ayniqsa, Amir Temur o‘z davrida madaniyat, ma’rifat, ilm-fan rivojiga salmoqli hissa qo‘shganligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, yoshlarni puxta bilim olish, buyuk bobolarimizga munosib bo‘lish, yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik va barqarorlikning qadriga yetish, vatan ravnaqiga munosib hissa qo‘shishga chaqirdilar.

Izoh qoldirish