
Volontyorlik bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi
Yurtimizda volontyorlik faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslari yaratilishi munosabati bilan ushbu faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
2024-yilda esa Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlarda “Volontyorlar yili” deb e’lon qilingani ham mazkur harakat tom ma’noda rivojlanib borayotganidan dalolat beradi.
Volontyorlik fransuzcha “volontaire” so‘zidan olingan bo‘lib, “ko‘ngilli”, “o‘z xohishiga ko‘ra ish qiluvchi”, degan ma’nolarni anglatadi. Soddaroq aytganda, har qanday masala bo‘yicha beminnat xizmat qiladigan, atrofdagi insonlarga, jamiyatga astoydil va hech qanday moddiy manfaatlarsiz yordam beruvchilar volontyor deb ataladi.
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yoshlar orasida volontyorlik madaniyatini shakllantirish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti hamda O‘zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Davra suhbatida fakultet dekani Farhod Karimov, O‘zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi Toshkent shahar mentori Diyorbek Xolmuminov hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda volontyorlik tushunchasi, uning ijtimoiy sohadagi o‘rni va davlat tuzilmalarida mavjud ijtimoiy muammolarni hal etishda volontyorlarning roli kabi mavzularni muhokama qilindi.
Shuningdek, volontyorlik turlari, ularning maqsad-vazifalari haqida ma’lumot berildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish