
Akademiya Kengashining navbatdagi majlisi o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya kengashining navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, Kengash raisi Muzaffar Komilov, Akademiya rahbariyati, Kengash a’zolari, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etishdi.
Majlisni Akademiya rektori, Kengash raisi Muzaffar Komilov olib bordi.
Muntazam o‘tkaziladigan mazkur Kengash yig‘ilishida ortda qolgan davr mobaynida bajarilgan ishlar, mavjud yutuq va kamchiliklar, muassasa oldida turgan muhim va dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinadi.
Akademiya rektori Muzaffar Komilov yig‘ilishni ochib berar ekan, yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti bilan barcha xodimlar, professor-o‘qituvchilar hamda talabalarni muborakbod etdi. Barcha xodimlar bayramni oila a’zolari davrasida xursandchilik va yuqori kayfiyat bilan kutib olishlarini, bayramona kayfiyat hamroh bo‘lishini tiladi.
Shundan so‘ng dastlab O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Kengashining yangilangan tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida Kengash raisi Muzaffar Komilov axborot berdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalarning 2024-2025-o‘quv yili I yarim yillik o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari to‘g‘risida Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Ilhom Berdiyarovning hisoboti tinglandi.
Majlis davomida O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 24-fevraldagi 73-son buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda “Registrator ofisi” to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Shundan so‘ng tanlov muddati tugagan pedagog-o‘qituvchilar lavozimlariga tanlov o‘tkazish hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi OAKga ilmiy unvon olish uchun tavsiya etish toʻgʻrisida Kengash kotibi Jaloliddin Bo‘riyevning hisoboti eshitildi.
Kengashda sohadagi shu kabi yutuqlar e’tirof etilgan holda, diniy-ma’rifiy sohada bajarilishi zarur bo‘lgan galdagi vazifalar va mavjud muammolar ham tahlil qilindi.
Har bir fakultetda “Teatr studiyasi” QVZ guruhlari, kamida 3 ta olimpiya sport turlariga kiradigan to‘garaklar tashkil etish, she’riyat, musiqa yo‘nalishlari bo‘yicha iste’dodli yoshlarni aniqlash bo‘yicha topshiriqlar berildi. Bu borada “Yoshlar bilan ishlashda aniq dastur” ishlab chiqilishi lozimligi ta’kidlandi.
Yig‘ilish yakunida muhim vazifalar belgilab olindi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish