4

Kengash majlisida muhim lavozimga tayinlov amalga oshirildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi majlislar zalida Akademiya Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov olib borar ekan, kun tartibidan o‘rin olgan masalalar yuzasidan so‘z yuritib, Akademiyaning muhim va mas’uliyatli lavozimiga munosib nomzodni tayinlash haqida tegishli buyruq qabul qilinganini bildirdi.

Xususan, Xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektori lavozimiga shu kunga qadar “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelgan Astanakulov Olim Toshtemirovich tayinlangani haqidagi buyruqni o‘qib eshittirdi.

Akademiyada xalqaro hamkorlik yo‘nalishida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan faoliyat yuzasidan topshiriqlar berildi: Jumladan,

– nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish;

– magistratura mutaxassisliklari va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini bosqichma-bosqich xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish;

– professor-o‘qituvchilarni xorijiy stajirovka va malaka oshirish kurslariga maqsadli yuborishni yo‘lga qo‘yish;

– Axborot-resurs markazida professor-o‘qituvchi va talabalarning xalqaro ilmiy bazalar fondidan erkin foydalanish imkoniyatlarini yaratish;

– Akademiyadagi mavjud jurnallarni “Scopus”, “ScienceDirect”, “Web of Science” va boshqa xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga kiritish choralarini ko‘rish;

– professor-o‘qituvchilar va ilmiy hodimlarning xalqaro ilmiy loyihalarda ishtirokini ta’minlash.

Shuningdek, ta’lim eksportini rivojlantirish, xorijiy talabalar salmog‘ini oshirish hamda investitsiya mablag‘larini jalb etish yuzasidan vazifalar belgilandi.

Yig‘ilish davomida Astanakulov Olim Toshtemirovning kelgusi ish faoliyatiga muvaffaqiyat tilandi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish