
Akademiya rektori ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya rektori Muzaffar Komilov hamda profilaktika inspektori Muhriddin Hikmatov ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
Mazkur sayyor qabul talaba-yoshlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud ijtimoiy va huquqiy muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tashkil etildi.
Sayyor muloqotda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, soha prorektorlari, fakultet dekanlari hamda xodimlar ishtirok etdi.
Muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiynayotgan, yechimini topmagan masalalar bilan murojaat etishdi.
Sport, raqs, tikuvchilik, pazandachilik, matematika to‘garaklari faoliyatini yanada rivojlantirish, Akademiyadagi xavfsizlik jarayonlari, o‘quv jarayoniga oid ayrim masalalar, texnik muammolar, Talabalar turar joyida yo‘l qo‘yilayotgan ayrim kamchiliklar haqida so‘z yuritildi.
Akademiya yotoqxonasida “Ma’naviyat xonasi”ni maishiy texnika jihozlari, sport inventarlari bilan ta’minlash kerakligi qayd etildi.
“Mushoira klubi” faoliyatini yanada rivojlantirish, ijodkor talabalarning she’rlarini to‘plamini nashr etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Yoshlarning ommaviy axborot vositalaridagi ma’naviy savodxonligini oshirish dolzarb vazifa. Bunda esa kiberfaol talabalar guruhini tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.
Akademiyada talaba-yoshlar uchun “Intellektual o‘yinlar klubi” xonasini tashkil etish belgilandi. Bu yerda sun’iy intellekt roboti yordamida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
Axborot-resurs markazida fan adabiyotlari yetishmasligi qayd etildi. Rektor Muzaffar Komilov mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.
Psixolog talabalar amaliy mashg‘ulotlarni olib borishi uchun xona zarurligi ta’kidlandi.
“Yashil harakat” loyihasini boshlash, Akademiya hududida tozalik, ozodalikni saqlash muhimligi qayd etildi.
Sayyor qabulda talabalarning muammolari, takliflari tinglandi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha Akademiya rektori tomonidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Nafaqat “Rektor sayyor qabuli”, balki “Dekan sayyor qabuli”ni ham tashkil etish lozimligi ta’kidlandi.
Bu kabi tadbirlarning o‘tkazib borilishi, avvalo, ta’lim jarayoni yaxshilanishi, Akademiya faoliyati rivojiga xizmat qilishi qayd etildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati

- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish