
Akademiya rektori Talabalar turar joyini o‘rgandi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishish maqsadida Akademiya hududida joylashgan Talabalar turar joyida bo‘ldi.
Tashrif davomida rektor Muzaffar Komilov talabalarning yashash sharoiti, o‘quv va dam olish imkoniyatlari bilan tanishib, ularning fikr va takliflarini eshitdi.
Rektor Talabalar turar joyi xonalari, kutubxona va oshxonalarni ko‘zdan kechirib, bu yerdagi sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berdi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor talabalar bilan samimiy muloqot davomida ularning muammolari va ehtiyojlari o‘rganildi.
Talabalar Akademiya rektorining tashrifi va ularga bo‘lgan e’tibordan mamnun ekanliklarini bildirishdi. Ular Akademiyada bilim olish va rivojlanish uchun yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, o‘z sohalarida yuqori natijalarga erishishga harakat qilishlarini ta’kidlashdi.
O‘z navbatida rektor Muzaffar Komilov Akademiya rahbariyati talabalarning yashash sharoitlarini yanada yaxshilash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishini ma’lum qildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish