
Usmon Nosir: “Мing yillardan keyin ham unutmas meni bog‘im”
O‘zining betakror iste’dodi, yuksak matonati va xalqparvarligi bilan adabiyotimizda o‘chmas iz qoldirgan, mustabid tuzum davrida siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan otashin shoir, tarjimon va dramaturg, jadid bobolarimizdan biri Usmon Nosir xalqimizning mashhur farzandlaridan biri hisoblanadi. Uning Vatanga muhabbat va sadoqat, kelajakka yuksak ishonch tuyg‘usi bilan yo‘g‘rilgan yetuk badiiy asarlarining xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, yosh avlod tarbiyasidagi beqiyos o‘rni va ahamiyati e’tirof etilayotir.
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham Talabalar teatr studiyasi tomonidan yozuvchi Javlon Jovliyevning “Usmon Nosir” pyesasi asosida sahnalashtirilgan spektakl premyerasi o‘tkazildi.
27-mart – Xalqaro teatr kuni hamda shoir ijodiga hurmat munosabati bilan taqdim etilgan premyerada O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, prorektorlar, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
O‘zbek adabiyotining yorqin va zabardast shoirlaridan biri Usmon Nosirning fojiali qismati haqida hikoya qiluvchi spektakl o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘lib, voqealar ketma-ketligi asosida Usmon Nosirning yoshlik davri, adabiy doiralardagi muloqotlari hamda tergov jarayonidagi obrazlari gavdalantirilgan. Asarda shoirning ayanchli va og‘ir o‘tgan hayot yo‘liga nazar tashlangan.
Usmon Nosir o‘tgan asr 30-yillarining ko‘zga ko‘ringan, el og‘ziga tushgan iste’dodli shoiri Usmon Nosir 1912-yil 13-noyabrda Namangan shahrida dunyoga kelgan. Yoshligi Qo‘qonda bolalar uyida o‘tgan Usmon o‘rta maktabni bitirgach, 1931-yildan boshlab Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat universitetining til va adabiyoti fakultetida tahsil oldi. Usmon Nosirning ilk she’rlari maktabda o‘qib yurgan vaqtlaridayoq matbuotda ko‘rina boshlagan edi.
Shoirning “Quyosh bilan suhbat”, “Safarbar satrlar”, “Yurak”, “Mehrim” kabi she’riy to‘plamlari, “Norbo‘ta” va “Naxshon| dostonlari birin-ketin nashr qilindi. Usmon Nosirning tarjima sohasidagi xizmati ham bebahodir. Uning tarjimasida Pushkinning “Boqchasaroy fontani”, Lermontovning “Iblis” dostonlari o‘zbek kitobxonlarining qalbiga yetib borgan.
Jo‘shqin iste’dod egasi Usmon Nosir qatag‘on davrining qurbonlaridan biri sifatida yosh umrini sho‘ro lagerlarida azob-uqubatda o‘tkazib, tutqunlikda 1944-yilda vafot etgan.
Spektakl Akademiya talabalarida ijobiy taassurot qoldirdi.
Yakunda asar ijrochilariga minnatdorlik bildirildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish