
Memorandum doirasida sayyor amaliy mashg‘ulot tashkil etildi
2024-yilning 27-dekabrida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi o‘rtasida imzolangan o‘zaro hamkorlik memorandumi doirasida sayyor amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.
Sayyor amaliy mashg‘ulot Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining “Raqamli texnologiyalar va axborot xavfsizligi” va “Kriminalistik ekspertizalar” kafedralari professor-o‘qituvchilari kompyuter kriminalistikasi sohasida akademiyada amalga oshirilayotgan ishlar, kriminalistika sohasida tayyorlanayotgan kadrlar va ularga bo‘lgan talablar haqida ma’lumot berdilar.
Sayyor amaliy mashg‘ulotda ijtimoiy muhandislik, teskari muhandislik, kibermakonda sodir bo‘layotgan jinoyatlarni ochish jarayonlari va unda ishlatiladigan dasturiy ta’minotlar, cloun saytlar bilan ishash hamda Telegram orqali kelayotgan .apk fayllar bilan ishlash jarayonlari aniq misollar asosida ko‘rsatib berildi.
Shuningdek, akademiyada kriminalistik ekspertizalar o‘tkaziladigan maxsus xonalar va unda ishlatiladigan jihozlar, pul banknotalari, diplomlar va har xil turdagi rasmiy hujjatlarning qalbakiligini tekshirish vositalar va jarayonlari, ekspertizada ishlatiladigan dasturiy ta’minotlar imkoniyatlar namoyish etildi. Magistrantlar o‘zlari qiziqqan barcha savollarga javob olish bilan birga dasturiy ta’minotlarni ishlatib ko‘rdilar.
Magistrantlar o‘zlari qiziqqan barcha savollarga javob olish bilan birga dasturiy ta’minotlarni ishlatib ko‘rdilar.
Bunday samarali sayyor amaliy mashg‘ulotni tashkil etishda amaliy yordam bergani uchun Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.




Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish