22

Yer sharini asraylik!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, respublikamizda 20-mart sanasi – Yer kuni sifatida nishonlanadi. 

Mazkur sana mamlakatimiz aholisi orasida ekologik ong va ekologik madaniyat to‘g‘risidagi tushunchalarni mustahkamlash va rivojlantirish, respublikada suv, yer resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish, yashil qoplamalar – himoya o‘rmonzorlarini barpo etishni izchil davom ettirish hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tizimli rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan.

Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy 2025-yil – “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilingani ham bejiz emas. Zero, Ona tabiat resurslaridan oqilona foydalanish, ularni kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish, odamzod va tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlash dolzarb masalaga aylanmoqda.

Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Talabalar turar joyida “Yer sharini asraylik!” shiori ostida tadbir tashkil etildi. 

Unda Talabalar turar joyi mudirasi Muhabbat Tojiyeva, tarbiyachi-pedagog Z.Bekchanova va talaba-yoshlar bino hovlisiga gul ko‘chatlarini ekdilar. 

Talabalar mazkur tadbir davomida tabiatga ozor bermaslik, uning boyliklaridan va ne’matlaridan oqilona foydalanish kerakligi haqidagi tushunchaga ega bo‘ldilar.

Izoh qoldirish