
Mehmonlarga Akademiya huzuridagi tashkilotlar faoliyati tanishtirildi
Avval xabar berganimizdek, bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi Bosh maslahatchisi Mehdi Knani boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Akademiya rahbariyati bilan uchrashuvdan so‘ng delegatsiya a’zolari O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati bilan tanishdilar.
Markaz direktori Jamoliddin Karimov muassasa faoliyati haqida batafsil ma’lumot berdi.
Eslatib o‘tamiz, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi 2020-yilda davlatimiz rahbarining “Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etilgan.
Markaz faoliyati mehmonlarda katta taassurot uyg‘otib, muassasa faoliyatiga yuqori baho berdi.
Shundan so‘ng mehmonlar Akademiya huzuridagi “Ziyo” media markazida bo‘ldi.
Mazkur yurtimizda sog‘lom tafakkur tarzini shakllantirish, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish sohasida axborot-tahliliy, ilmiy-tadqiqot va ma’rifiy faoliyatni amalga oshiradi.
Tashrif davomida ularga Markaz pavilyonlari, ovoz yozish studiyasi, montaj xonasi, ularda suratga olinadigan ko‘rsatuv, eshittirishlar haqida ma’lumot berildi.
Markazda tayyorlangan audio va video materiallar davlat yoki nodavlat boshqaruvidagi deyarli barcha telekanallar va radiokanallarda namoyish etilib, yoshlarni yot g‘oyalardan himoya qilish, jamiyatda diniy mutaassiblikning ildiz otishiga yo‘l qo‘ymaslik, terrorristik va ekstremistik g‘oyalarga qarshi aholida immunitet hosil qilishga xizmat qiladi.
Mehmonlar tashrif yakunida Akademiya huzuridagi tashkilotlarga yuqori baho berdi. Kelgusida amaliy hamkorlik aloqalaridan mamnun bo‘lishlarini bildirdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish