11

Akademiyada muhim tayinlovlar amalga oshirildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi majlislar zalida Akademiya Kengashining navbatdan tashqari kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi.

Dastlab O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasini 2025-yilda kompleks rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi hamda maqsadli ko‘rsatkichlari to‘g‘risida O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev axborot berdi. 

Shundan so‘ng Kengash majlisida mavjud lavozimlarga muhim tayinlovlar amalga oshirildi. 

Jumladan, Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakuleti dekani Sadibaqosev Habibullo Shodiboy o‘g‘li O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori lavozimiga tayinlanganligi o‘qib eshittirildi.

Bundan tashqari, Sadibaqosev Habibullo Shodiboy o‘g‘lining boshqa lavozimga o‘tish munosabati bilan Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani lavozimiga “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi mudiri Karimov Farhod Erkinovich tayinlandi.

O‘z navbatida “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi mudiri lavozimiga Berdiyev Bektosh Oxnorovich tayinlangani ma’lum qilindi.

Yangi va yosh rahbarlarning kelgusi ish faoliyatiga muvaffaqiyat tilandi.
 

Akademiya Kengashi yakunida kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish