
Akademiyada notiqlik mahorati bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida notiqlik mahorati bo‘yicha master-klass o‘tkazildi.
Davra suhbatida O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi jurnalisti va boshlovchisi Shohjahon Karimov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi mudiri Nigora Yusupova, kafedra professor-o‘qituvchilari, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdilar.
Uchrashuvda jurnalist va boshlovchi Shohjahon Karimov bugungi kunda notiqlik mahorati barcha uchun kerakligini qayd etib, talabalarga nutq mahorati, ovoz ishlatish ko‘nikmasi bo‘yicha tavsiyalarini ulashdi.
Ma’lumki, notiqlik san’ati – amaliy jihatdan chiroyli nutq tuzishning qonuniyatlari, sirlari, til meʼyorlari, nutqning sifatlari, nutq uslublarini o‘rganuvchi va o‘rgatuvchi hamda nutqda uchrashi mumkin boʻlgan nuqsonlar, talaffuzga doir muammolarni hal etish yuzasidan bahs yurituvchi fan bo‘lib, bugungi kunda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida faoliyat yurituvchi insonlar uchun notiqlik mahoratini egallash zaruriyatga aylanib bormoqda.
Trening davomida mutaxassis tomonidan insonda notiqlik rivojlanishida eng avvalo, kitobxonlik madaniyati shakllanish, ko‘proq mutolaa madaniyati bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish