
Atoqli sharqshunos olim xotirasi yod etildi
Joriy yilning 9-mart sanasida atoqli sharqshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Baki Zakirovich Xalidovning tavalludiga 120 yil to‘ladi.
Baki Zakirovich Xalidov O‘zbekistonda arabshunoslik rivojiga munosib hissa qo‘shgan sharqshunoslardan sanaladi. Olim yurtimizda va qo‘shni davlatlarda o‘zining arab tili darsligi bilan tanilgan. Mazkur darslik bir necha marotaba qayta chop etilgan va maktab, oliy o‘quv yurtlarida asosiy arab tili darsliklardan biri hisoblangan. Baki Xalidov sharq allomalari, xususan, tilshunos olim Mahmud Zamaxshariy ilmiy merosi bilan qiziqqan va bir qator maqolalar chop etgan.
Shu munosabat bilan bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Baki Xalidov tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
“Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi tomonidan ushbu anjumanni tashkil etishdan maqsad olimning xotirasini yod etish va uning ilmiy merosini keng ommaga tanitish, yosh avlodni uning ibratli hayoti va faoliyatidan bahramand etishdan iborat.
Davra suhbatini O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov hamda ustozning farzandi Rashid Xalidov ochib berdilar.
O‘zbekiston Respublikasidagi Tatariston Respublikasi vakolatxonasi xodimi, sharqshunos olim Ramil Shakirov, Toshkent shahridagi Tatar madaniy-ma’rifiy markazi raisi Rishat Nabiullin, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Oriental universiteti, ALFRAGANUS universiteti professor-o‘qituvchilari, Akademiya prorektorlari Ilyos Mirziyotov, Zohidjon Islomov, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdilar.
Davra suhbatida so‘zga chiqqanlar tomonidan zamonaviy sharqshunoslik, arab tilini o‘rganishda Baki Xalidovning ilmiy asalari nihoyatda muhim o‘rin tutishi, ustozning shogirlari bugun yurtimiz ilm-fan rivohiga munosib hissa qo‘shayotgani e’tirof etildi.
Olimning ibratli hayot yo‘li, ilmiy asarlari shogirdlari tomonidan xotirlandi. Ibratli amallari, oila, ish jarayonidagi esda qolarli voqealar yodga olindi.
Shuningdek, olim hayoti va ilmiy faoliyati haqida videorolik namoyish qilindi.
Tadbir yakunida Baki Zakirovichning farzandi Rashid Bakiyevich Xalidov tomonidan olimning qayta nashr qilingan “Учебник арабского языка” darsligi Akademiya axborot-resurs markazi taqdim etildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati

- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish