
Buyuk ajdodlar merosi – Uchinchi Renessans asosi
O‘zbekiston jahon tamadduniga beshik bo‘lgan yurtdir. Buyuk ajdodlarimizdan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Dorimiy, Imom Moturidiy, Abul Muin Nasafiy, Najmiddin Kubro, Abdulxoliq Gʻijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Qaffol Shoshiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Xoja Ahror Valiy kabi buyuk va moʻtabar zotlar islom dini rivoji yo‘lidagi xizmatlari beqiyosdir. Xalqimiz ham ilm ahllarini qadrlagan, ardoqlagan va har tomonlama ilmiy merosini asrab-avaylash, komil shaxslarni tarbiyalashda butun dunyoga namuna bo‘lib kelgan.
Mazkur ezgu ishlarni mantiqiy davom ettirish maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi hamda Islomshunoslik fakulteti tyutorlari bilan hamkorlikda “Buyuk ajdodlar merosi – Uchinchi Renessans asosi!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Davra suhbatida kafedra professor-o‘qituvchilari yurtimizdan yetishib chiqqan tasavvuf ta’limoti asoschilari Najmiddin Kubro va Bahouddin Naqshband ilmiy merosi haqida ma'lumot berdi.
Shuningdek, kafedra dotsenti Tohir Xatamov ikki alloma ilmiy merosi haqidagi yangi ma’lumotlar berdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar, Yangi O‘zbekistonda yangi Uyg‘onish davri, ya’ni Uchinchi Renessans poydevori yaratilayotganini ta'kidlab o‘tishdi. Tarixga nazar soladigan bo‘lsak, Buyuk ipak yo‘lining chorrahasida joylashgan yurtimiz qadimdan yuksak sivilizatsiya va madaniyat o‘choqlaridan biri bo‘lganini e’tirof etdilar.
Bugun yosh avlod ham o‘z ajdodlariga munosib avlod sifatida Uchinchi Renessansni qurishga o‘z hissasini qo‘shishi lozimligi, buning uchun ilm va tarbiyani o‘zlashtirib, yurtimizni har sohada taraqqiy etishida kamarbasta bo‘lishi zarur ekanligi aytildi.

- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish