
Akademiya doktorantlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Hadis ilmi maktabida “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi” mazmun-mohiyatini talabalarga yetkazish, mamlakatda diniy erkinlik va e’tiqod masalalarida olib borilayotgan siyosat bilan tanishtirish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi maqsadli tayanch doktorantlari Abdug‘ulom Meliboyev hamda Mahmud Abdurahmanov ishtirok etdi.
Tadbirda ma’ruzachilar talabalarga konsepsiyaning huquqiy asoslari va ahamiyatini tushuntirdi. O‘zbekiston Respublikasida vijdon erkinligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar, davlat va din munosabatlarini tartibga soluvchi qonunlar, xususan, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri haqida ma’lumot berib o‘tdi.
Taqdimot davomida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining vijdon erkinligini ta’minlash bo‘yicha asosiy qonuniy me’yorlar, davlat va diniy tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlar, ekstremizm va radikalizmga qarshi kurashishda davlat va jamoatchilik hamkorligi va boshqalar haqida so‘z yuritdi.
Ma’ruza yakunida talabalar tomonidan konsepsiya yuzasidan berilgan savollarga javob berildi.
Tadbir natijasida Hadis ilmi maktabi talabalari O‘zbekiston Respublikasining diniy sohadagi davlat siyosati va vijdon erkinligi konsepsiyasi bo‘yicha yetarlicha ma’lumot oldilar.
Talabalar ushbu mavzu bo‘yicha chuqurroq bilim olishga qiziqish bildirdilar.


- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish