
Talabalar ishtirokida munozara debati o‘tkazildi
Bugungi kunda har bir inson uchun xorijiy tillarni bilish muhim hisoblanadi. Globallashuv davrida bu zamon talabi bo‘lib qolmoqda.
E’tirof etish joizki, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida yoshlarni xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Talabalar uchun mahorat darslari, o‘quv kurslari, turli uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Shu maqsadda Akademiyada “Xorijiy tillarni o‘rganish hozirgi kunda dolzarbmi?” mavzusida munoraza debati o‘tkazildi.
Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan debatda fakultet dekani Sayyora Chiniyeva, kafedra mudiri Roziya Matibayeva, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Rahmatilla Gaipnazarov, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.
Qizg‘in muloqot davomida talabalar arab tilida o‘zlari erishgan yutuqlar haqida ma’lumot berishdi. Xorijiy tillarni o‘rganishning ahamiyati haqida qayd etishdi. Tengdoshlariga vaqtdan unumli foydalanish, bilim olishdan to‘xtamaslik zarurligi haqida so‘z yuritishdi.
Tadbirda milliyligimiz millat ma’naviyatining kózgusi ekaniga ham alohida e’tibor qaratildi.






- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish