8

Akademiyaning sobiq bitiruvchilari bilan davra suhbati o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Bitiruvchilar forumi” doirasida “Kelajak yoshlar qo‘lida” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i Gulyuz Turayeva, professor Jo‘raboy Toshqulov, Din ishlari bo‘yicha xodimlari – Yahyobek Hayitaliyev, Nurmuhammad Sayidaliyev hamda talabalar ishtirok etdi. 

Davra suhbati davomida so‘zga chiqqanlar talabalik paytlari, ish faoliyatini boshlashda nimalarga ahamiyat berilishi, bu boradagi tushunchalari haqida o‘z bilim va ko‘nikmalari bilan o‘rtoqlashishdi.

O‘z navbatida talabalar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etishdi.

 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish