![](https://iiau.uz/storage/6e/f0/7f/9130/conversions/1666-large.jpg)
Dinshunoslikning dolzarb muammolari
![](https://iiau.uz/storage/d5/75/67/9129/conversions/photo_2025-02-08_19-48-35-xl.jpg)
“Dinshunoslikning dolzarb muammolari” mavzuyidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
AXBOROT XATI
Respublikamizda “Dinshunoslik” fanini o‘qitishni yanada takomillashtirish, ta’lim samaradorligini oshirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 2025-yil 16 aprel kuni “Dinshunoslikning dolzarb muammolari” mavzusida an’anaviy respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.
Konferensiyada quyidagi masalalarni muhokama qilish nazarda tutilgan:
1. Dunyo dinlari ta’limotlarida atrof-muhit muhofazasi masalalari.
2. O‘zbekiston Respublikasida diniy sohadagi davlat siyosati tamoyillari.
3. "Dinshunoslik" fanini o‘qitish: texnologiyalar, yutuqlar, muammolar va yechimlar.
4. O‘zbekiston va UNESCO aloqalari: hamkorlikning bugungi holati va rivojlantirish istiqbollari.
Mualliflar uchun ma’lumot
Konferensiyaga topshirilgan ma’ruzalar tezislari ilmiy to‘plam shaklida chop etiladi. Ilmiy tezis matnida keltirilgan ma’lumotlarning haqqoniyligiga mualliflar javobgardir.
Tezis matnini rasmiylashtirish talablari:
1. Tezis matni MS Office dasturining WORD 2020 muharririda, Times New Roman shrifti, 14 kegel kattaligi, 1,5 intervalda bo‘lishi va 5 betdan oshmasligi lozim.
2. Tezis matnlari tahrir qilingan holda A4 hajmdagi qog‘ozga, yuqoridan va pastdan 2,5 sm., chapdan 3 sm., o‘ngdan 1,5 sm. joy qoldirib, 1 nusxada topshiriladi. Tezisni tayyorlashda foydalanilgan adabiyotlar har bir sahifa ostida havola (snoska) tarzida beriladi.
3. Ma’ruzachining ismi familiyasi, ilmiy daraja va unvoni (o‘ng yuqori burchak, kursivda, 10 kegel kattaligidagi shrift, 1 interval), tashkilot va shahar nomi, muloqot telefonlari joy kodi bilan (ikkinchi qatorda) ko‘rsatiladi. So‘ngra 1 interval qoldirib, tezisning nomi bosh harflar bilan yoziladi. Asosiy matn 1,5 intervalli qatorlarda yoziladi.
4. Tezisning elektron nusxalari konferensiya tashkiliy qo‘mitasiga quyidagi manzillar orqali yuboriladi: https://t.me/Odil_Ernazarov (+998909545243) va unesco.iiau@gmail.com
5. Nashr xarajatlari uchun tezisning har bir sahifasiga oldindan 20 000 so‘mdan to‘lanadi (To‘lov uchun plastik karta raqami – 5614 6887 0753 0712).
Konferensiya mavzusi, ilmiylik va nashr etish talablariga javob bermaydigan tezislar chop etilmaydi. Tezislar 2025-yil 29 martgacha qabul qilinadi.
![](https://iiau.uz/images/2020/08/15/s-lotin__1191x842.jpg)
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
![](https://iiau.uz/img/logo_footer.png)
Izoh qoldirish