
Akademiya vakillari “Alisher Navoiy va Sharq Renessansi” xalqaro ilmiy-nazariy simpoziumida ishtirok etmoqda
Ayni paytda Navoiy viloyatidagi Ma’naviyat va ma’rifat maskanida “Alisher Navoiy va Sharq Renessansi” an’anaviy xalqaro simpoziumi bo‘lib o‘tmoqda.
Buyuk mutafakkir Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Belgiya, AQSH, Vengriya, Pokiston, Rossiya, Eron, Misr, Ozarbayjon, Turkiya, Shimoliy Kipr, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi 20 ga yaqin davlatning, shuningdek, respublikamizning taniqli navoiyshunoslari, oliy o‘quv yurtlari professorlari, madaniyat va san’at arboblari qatorida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Ilyos Mirziyotov, “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professori Aftondil Erkinov, “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi dotsenti Nargiza Shoaliyeva ham ishtirok etmoqda.
Dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning simpozium ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigini Prezident maslahatchisi Xayriddin Sultonov o‘qib eshittirdi. Jarayonda viloyat hokimi Normat Tursunov nutq so‘zladi.
Simpozium ishi davom etmoqda.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish