
Milliy qadriyatlar – millat ma’naviyatining ko‘zgusi
Bugungi kunda turli mafkuraviy xurujlardan himoyalanish, asrlar davomida sayqallanib kelayotgan milliy qadriyat, an’analarimizni asrab-avaylab, ularga amal qilib yashash muhim ahamiyat kasb etadi.
Zero, xalqimiz madaniy merosi, anʼanalari, urf-odatlari bizlar uchun faqat oʻtmishdan qolib kelayotgan yodgorlikkina emas, barcha maʼnaviy boyliklarning tarkibiy qismi, inson aql-idroki va tafakkurining buyuk yutugʻi hamdir. Har bir millat va elat ajdodlaridan qolgan bilim boyliklaridan, tajriba va tarixiy saboqlaridan, odob-axloq, taʼlim-tarbiyaga oid oʻgitlari va yoʻl-yoʻriqlaridan kelajagini yaratishda qoʻllaydi.
Millat uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan etnik jihat va xususiyatlar bilan bog‘liq qadriyatlar milliy qadriyatlar deyiladi. Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, ma’naviyati hamda madaniyati bilan chambarchas bog‘liq holda namoyon bo’ladi.
Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Milliy qadriyatlar – millat ma’naviyatining ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti tomonidan tashkil etilgan davra suhbatida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, fakultet dekani Sayyora Chiniyeva, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Tadbirda prorektor Zohidjon Islomov so‘zga chiqar ekan, milliy qadriyatlarga hurmat bilan qarash – millatning oʻziga hurmat bilan qarashning asosiy boʻgʻini ekanini qayd etdi.
Milliy qadriyatlar – millatning tili, madaniyati, tarixi, urf-odatlari, anʼanalarini, jamiki moddiy va maʼnaviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha tomonlarini qamrab olishi bilan murakkab ijtimoiy-ruhiy hodisa sifatida namoyon boʻlishini ta’kidladi.
Tadbirda Respublika baxshilar uyushmasi qoshidagi “Qirq qiz” ansambli xonandalari tomonidan xalq dostonlaridan parchalar, laparlar aytildi.
Talabalar o‘rtasida maqol aytish, topishmoqlarga javob topish bo‘yicha bellashuv o‘tkazildi.
Mazkur tadbirlar Islomshunoslik hamda Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakultetlari tomonidan ham tashkil etildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish