
Hazrat Navoiyni xotirlab…
Joriy yilda Hazrat Alisher Navoiy tavalludiga 584 yil to‘ladi. Joylarda sana munosabati bilan turli davra suhbatlari, ilmiy-amaliy seminarlar o‘tkazilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan “Navoiy ijodi: makon va zamon o‘rtasida” mavzusida o‘tkazilgan adabiy kechada Markaz direktori Qobiljon Sobirov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti Shoislom Akmalov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Belarus milliy-madaniy markazi, Toshkent shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabining iqtidorli o‘quvchilari hamda Akademiya talabalari ishtirok etishdi.
Akademiya dotsenti Shoislom Akmalov tadbirda so‘z olar ekan, buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin tutishini ta’kidladi.
Keyingi yillarda Alisher Navoiyning boy va serqirra ijodiy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish, uning o‘lmas asarlarini yurtimizda va xorijiy mamlakatlarda keng targ‘ib qilish hamda xotirasini abadiylashtirish borasida qator ishlar amalga oshirib borilayotganini e’tirof etdi.
Milliy-madaniy markaz vakillarining kuy-qo‘shiqlari tadbirga yanada fayz ulashdi.
Tadbirda Alisher Navoiy ijodi va uning ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, madaniyatlararo hamkorlikni mustahkamlash, yoshlarni buyuk ajdodlarimiz merosini o‘rganishga targ‘ib qilish zarurligi qayd etildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish