
Haftalik doirasida “Dinlararo do‘stlik safari” tashkil etildi
Avval xabar berganimizdek, 4-8-fevral kunlari O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida tashkil qilinayotgan “Insoniy birodarlik va dinlararo muloqot – xalqaro hamjihatlik omili” shiori ostidagi haftalikning madaniy-ma’rifiy tadbirlari bugun ham davom etdi.
“Dinlararo do‘stlik safari” deb nomlangan ushbu tadbir davomida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, talabalar va magistrantlardan iborat jamoa Toshkent shahridagi Rus pravoslav cherkovi va Rim katolik cherkoviga tashrif buyurdilar.
Turli diniy jamoalar o‘rtasida hamkorlik va o‘zaro hurmatni shakllantirish, dinlararo muloqotni rivojlantirish maqsadi ko‘zlangan mazkur tadbir sayyor dars shaklida tashkil qilindi.
O‘rni kelganda aytish mumkinki, Akademiyada bugungi kunda “Dinshunoslik” bavalavriat ta’lim yo‘nalishi, “Qiyosiy dinshunoslik” magistratura mutaxassisligi va “Dinshunoslik” doktorantura ixtisosligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda. Ta’lim yo‘nalishi va mutaxassislik o‘quv rejalarida talabalarga dinlar tarixi, ta’limotlarini o‘rganishga qaratilgan “Dunyo dinlari tarixi”, “Diniy an'ana va marosimlar”; qiyosiy ko‘nikmalarni shakllantirishga doir “Qiyosiy dinshunoslik”; zamonaviy diniy jarayonlar bo‘yicha “Kibermakondagi diniy jarayonlar”, “Din va bioetika”, “Davlat va din munosabatlari”, “O'zbekistondagi noislomiy konfessiyalar” kabi fanlar o‘rin olgan. Tadbir ishtirokchi talabalarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyada dinshunoslikka oid fanlardan olayotgan bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlashlarida muhim o‘rin tutmoqda.
O‘z navbatida, diniy tashkilotlarga tashrif davomida Rus pravoslav cherkovi va Rim katolik cherkovi ruhoniylari talabalarga yurtimiz hududiga xristianlik dini va uning turli yo‘nalishlarining kirib kelishi tarixi, cherkov tuzilishi, ibodat vositalari haqida ma’lumot berib, ba’zi urf-odatlarni amaliy tarzda tushuntirib o‘tdilar. Shu bilan birga, ikki konfessiya vakillari suhbat jarayonida O‘zbekiston Respublikasida vijdon va e’tiqod erkinligini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha yaratilgan sharoitlarni e’tirof etib, mazkur imkoniyatlar ortida qonun ustuvorligi orqali inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan huquqiy asoslar turishini ta’kiblab o‘tdilar.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish