1

Akademiyada “Insoniy birodarlik va dinlararo muloqot – xalqaro hamjihatlik omili” shiori ostidagi haftalik davom etmoqda

Avval xabar qilganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi tomonidan joriy yilning 4-8-fevral kunlari “Insoniy birodarlik va dinlararo muloqot – xalqaro hamjihatlik omili” shiori ostida ilmiy, madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari haftaligi o‘tkazilmoqda.

Ma’lumki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2010-yil 20-oktabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, har yili fevral oyining birinchi haftasi “Dinlararo hamjihatlik haftaligi” va 2020-yil 21-dekabrdagi rezolyutsiyaga binoan har yilning 4-fevral sanasi “Xalqaro insoniy birodarlik kuni” deb e’lon qilingan. 

Shu munosabat bilan bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti va Toshkent provaslaviya seminariyasi talabalari ishtirokida “Diniy ta’limotlarda bag‘rikenglik” mavzusida talabalar ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.

Anjumanda so‘zga chiqqan talabalar o‘z ma’ruzalarida diniy ta’limotlarda dinlararo bag‘rinkenglik g‘oyalarining aks etishi, yoshlar oʻrtasida radikalizmni oldini olishning diniy-maʼrifiy asoslari, bag‘rikenglik va insoniy birodarlikni asrashda diniy tashkilotlarning o‘rni kabi dolzarb mavzularni muhokama qildilar. 

Tadbirda 50 dan ortiq talabalar ishtirok etdi.

Yakunda faol ishtirok etgan talabalar taqdirlandi.

Izoh qoldirish