43

Akademiya magistranti “Rahbar ayollar maktabi”da ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida Milliy kadrlar zahirasidan rahbarlik lavozimlariga nomzodlarni tavsiya etishda xotin-qizlarni inobatga olish tizimini joriy etish vazifasi belgilangan. 

Mazkur farmonga asosan tashkil etilgan “Rahbar ayollar maktabi” 4-mavsumida 100 nafar xotin-qizlar qatorida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining magistranti Muhabbat Yoqubova ham saralanib olinib, o‘quv jarayonlarini boshladi. 

Muhabbat Yoqubova darslarda zamonaviy boshqaruv tamoyillari hamda gender tengligi bo‘yicha muhim bilimlarni egallamoqda. Uning “Rahbar ayollar maktabi”da olgan bilimlari kelajakda mamlakat taraqqiyotiga hissa qo‘shuvchi yetuk rahbar, ijtimoiy loyihalar tashabbuskori bo‘lishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish