Malayziya islom ilmlari universiteti bilan Anglashuv memorandumi imzolandi
Malayziyada o‘tkazilayotgan Birinchi O‘zbekiston – Malayziya ta’lim forumi samarali uchrashuvlarga boy bo‘lmoqda.
Tashrif davomida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Malayziya islom ilmlari universiteti o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Malayziya islom ilmlari universiteti Negeri Sembilan shahrida 1998-yilda tashkil etilgan davlat ta’lim muassasasi bo‘lib, bugungi kunda 13 mingdan ortiq talaba tahsil oladi.
QS World University Rankings reytingida 1401-o‘rinni egallagan mazkur universitetning asosiy maqsadi milliy ta’lim va tadqiqotlar tizimiga axborot texnologiyalarni joriy qilish orqali Islom dinini o‘rganish uslublarini rivojlantirish hisoblanadi.
Universitet tarkibida Islom fanlari instituti, “Halol” standartini o‘rganish ilmiy-tadqiqot instituti, Doktorantura markazi, Tamhid markazi, Ta’lim markazi, Malaka oshirish markazi va Talabalar tadbirkorligini rivojlantirish markazi faoliyat yuritadi.
Muloqot davomida ikki ta’lim muassasasi o‘rtasida talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilarning innovatsion xorijiy tarjiba asosida o‘zaro malaka oshirish va stajirovkalarini tashkil etish, hamkorlikda konferensiya, o‘quv seminarlari, davr suhbatlari va binar darslarini onlayn va oflayn tarzda tashkil etish, mavjud ta’lim yo‘nalishlari doirasida dual (1+1, 2+1) ta’lim dasturlarini amalga oshirish kabi hamkorlik aloqalari muhokama qilindi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish