4

Kelajak yoshlar qo‘lida. Yoshlar-chi?..

Ommaviy axborot vositalaridagi axborot oqimida tez-tez ko‘zga tashlanayotgan salbiy qarashlar, xudbin o‘y-fikrlar, ijtimoiy muhitda uchrayotgan ayrim muammolar xususidagi bo‘rttirishlar urchigandan-urchib borayotgan bir pallada bu savol o‘ta keskin tuyular, ehtimol. Ammo xulosa chiqarishga shoshilmay, mavjud manzaraga xolis ko‘z bilan qarab, bir qancha savollarga javob izlab ko‘rish lozim. Aminmizki, shu yurt uchun befarq bo‘lmagan, o‘z xalqining taqdiri uchun eng avvalo, o‘zini mas’ul deb bilgan barcha ziyolilarimizning ham bu borada o‘z aytar so‘zi bor. Tiriklik tashvishidan bir muddat tin olib, shu mulohazalarga ham quloq tutish vaqti yetdi. Sabringizni sinash niyatimiz yo‘q, ammo gapni uzoqroqdan boshlaymiz. 

Axborot tarqatishning bugungi manzarasi qay holda? OAV nimalarni boy beryapti?

Gazetalar, jurnallar hatto teleradiokanallar ham axborot yetkazishda birinchi navbatda tezkorlikni, aniqlikni, undan so‘ngra xolislikni boy berib bo‘lganiga ancha bo‘ldi. Tahlil esa “tik-tok”chi avlodga ergashish kerak ekan” degan xulosaga kelayotganlar yoki dunyoning ishlariga beparvo, loqayd qo‘l siltab qo‘yayotganlar sababli achinarli ahvolga tushib qolgan. 

Kimga boy beryapti?

Yengil-yelpi o‘ylaydigan, evolyutsiyadan ko‘ra revolyutsiyani afzal deb hisoblaydigan, “alifni kaltak deyolmaydigan”, adabiy tilni o‘zlashtirmagan, o‘zlarining ta’birlari bilan aytganda, “publikaga o‘ynaydigan”, moddiy manfaat yo‘lida na xalq, na millat, na davlatni yuzxotir qilmaydigan, kitob o‘qish haqida jimjimador so‘zlar aytishni qotirsa-da, amali bo‘lma gan, “nufuz” so‘zi bilan “nufus” so‘zining farqiga bormaydigan, biror-bir yomon xabarni tarqatish, masalan, o‘z joniga qasd qilish haqidagi xabar, ayni vaqtda uning targ‘ibiga xizmat qilishi mumkinligini hisobga olmaydigan bloger “hamkasblar”ga boy berilmoqda. Bu borada ijobiy yechim bormi? 

Abdulhamid Muxtorov, 

O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi a’zosi, 

“Ziyo” media markazi direktori 

Manba: “Jadid” gazetasi 2025-yil 31-yanvar, 5-son 

Gazetani yuklab olish uchun

Izoh qoldirish