1

Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Xotin-qizlar o’rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur o‘quvlar Oliy Majlis Senati, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Din ishlari boyicha qo‘mita hamda O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Bugun o‘tkazilgan o‘quvlar davomida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga oid vazifalarni amalga oshirish mexanizmlari”, “Mehnat migrantlari hamda uyushmagan yoshlar orasida radikallashuv va din niqobidagi ekstremizm profilaktikasi”, “Jamiyat barqarorligiga tahdid soluvchi radikal g‘oyalar va ularning oldini olish yo‘llari” hamda “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda gender tengligini ta’minlash: muammo va yechimlar” kabi mavzularidagi ma’ruzalar tinglandi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari Matluba Qahhorova, Ichki ishlar vazirligi mas’ul xodimi Farrux Elmirzayev, “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lim boshlig‘i Farida Yo‘ldosheva hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Mazkur o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishdan maqsad Qo‘mita faoliyatini rivojlantirish, tizimda ishni to‘g‘ri va samarali tashkil etish, joylarda xotin-qizlar sohasidagi muammolarni yechish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tayinlangan mas’ul xodimlarning ko‘nikma va malakalarini oshirish maqsadi ko’zlangan.

So‘zga chiqqanlar tomonidan keyinhi yillarda yurtimizda xotin-qizlarning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy faolligini oshirish, onalik va bolalikni himoya qilish, gender tenglikni qaror toptirish, ayollarning huquq va manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani e’tirof etildi.

Eslatib o‘tamiz, malaka oshirish o‘quv kurslari 27-yanvargacha davom etadi. 

Izoh qoldirish