1

Akademiya doktorantining startap loyihasi g‘olib deb topildi

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Ayollar biznesi uchun birinchi qadam” ilmiy g‘oyalar startap tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi “Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan talablarga muvofiq tashkil etilgan “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida o‘tkazildi.

Quvonarlisi, tanlovda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tayanch doktoranti Shahzoda Abduraimova “Supercard-innovatsion mnemokartalar” nomli startap loyihasi bilan ishtirok etib, g‘olib deb topildi.

Loyiha hozirgi kunda dolzarb hisoblangan xorijiy tillarni, xususan, ingliz tilini o‘rganish jarayonini osonlashtiradi. Mobil ilova hamda tarqatma materiallar maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun moslangan.

E’tiborlisi, Hakamlar hay’ati tomonidan startap loyihada ta’lim sohasidagi innovatsion mualliflik usullaridan foydalanilgani e’tirof etildi.

Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va jamoasi nomidan doktorantimizni ushbu yutug‘i bilan muborakbod etamiz. Uning kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyat tilaymiz.

Izoh qoldirish