Akademiyа mas’ullari tomonidan ma’rifat darsi o‘tkazildi
Bugungi tezkor asrimiz har bir sohada yetuk va malakali, yuksak salohiyatli kadrlarni talab etmoqda. Ertamiz egalari bo‘lgan yosh avlodning ta’lim va tarbiya olishiga katta e’tibor qaratilayotgani ham bejiz emas. Zero, kelajak bugundan boshlanadi, poydevori mustahkam imorat uncha-munchaga zavol topmaydi. Muhtaram Prezidentimiz “Najot ta’limda, najot tarbiyada, najot bilimda”, deb ta’kidlaganlaridek, zimmasiga yangi O‘zbekistonning yangi avlodini tarbiyalash yuklatilgan har bir ta’lim muassasasi, har bir inson bu ishga o‘ta katta mas’uliyat bilan yondashmog‘i kerak.
Bugun shu maqsadda Toshkent shahri Olmazor tumani 119-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Ezgulik shiorimiz – ma’rifat qurolimiz” shiori ostida ma’naviyat va ma’rifat darsi o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar bilan ishlash, manaviyat va ma’rifat bo'limi boshlig‘i, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent Rahmatilla Gʻoyibnazarov tomonidan o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish haqida so‘z yuritildi.
Qiziqarli o‘tgan dars davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish