Markaziy Osiyo allomalari ilmiy merosining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni
Markaziy Osiyo mintaqasi jahon sivilizatsiyasi markazlaridan biri bo‘lgan. Insoniyat tamadduni rivojiga bebaho hissa qo‘shgan alloma va mutafakkirlarning dahosi, ilm-fanning turli yo‘nalishlaridagi izlanishlari va qomusiy bilimlari hamon e’tirof etilmoqda.
Bugun shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Markaziy Osiyo allomalari ilmiy merosining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Feruz Xolmo‘minov mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.
Davra suhbatini Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Akademiya prorektori Markaziy Osiyo zaminidan yetishib chiqqan buyuk faylasuf va allomalarning asarlari jahon sivilizatsiyasining oltin xazinasidan munosib oʻrin olgani, ular jahon fani va madaniyati tarixida oʻchmas iz qoldirganini ta’kidladi.
Shundan so‘ng Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Feruz Xolmo‘minov tomonidan Markaziy Osiyoning islom sivilizatsiyasi rivojidagi tarixiy o‘rni, mintaqa allomalarining ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish borasida olib borayotgan ilmiy tadqiqotlar, boshqa davlatlardagi islom dini rivoji, allomalarimizning ilmiy asarlarining mazkur hududlarda ilm-ma’rifati yo‘lidagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
Davra suhbati yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish