1

Amaliyot darslari joriy qilinmoqda

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari pedagog xodimlari uchun “Islomshunoslik (islom tarixi va manbashunoslik, qur’onshunoslik va hadisshunoslik, fiqh va kalom ilmi)” yo‘nalishi bo‘yicha 144 soatlik malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda. Mazkur o‘quvlarda jami 16 nafar tinglovchilar ishtirok etmoqda.

Malaka oshirish markazi O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi bilan hamkorlikda Akademiyada taxsil olayotgan tadqiqotchilarning ilmiy ishlarini amaliyotga joriy etish maqsadida tinglovchilar uchun amaliyot darslarini tashkil etish rejalashtirilgan. Mazkur reja muvofiq, Akademiyaning “Din psixologiyasi” yo‘nalishi doktorantlari I.Arabov “Zamonaviy psixoanalitik ta’limotda va islom psixologiyasida shaxs strukturasiga nisbatan munosabat masalalari” hamda E.Mannabova “Yoshlarda hayotiy bardoshlilikni rivojlantirishning diniy-psixologik xususiyatlari” mavzusida amalga oshirayotgan izlanishlari bo’yicha amaliyot darslari tashkil etildi. Unda izlanuvchilar tadqiqotlarining mazmuni, maqsad va vazifalari, obyekti, predmeti, yangiligi, kutilayotgan amaliy natijalar borasida ma’lumotlar berib o‘tdi. Shuningdek, tinglovchilarning ilmiy tadqiqot olib borish mexanizmlari, ilmiy ishga qo‘yilgan talablar, dissertatsiyani shakllantirish qoidalari hamda himoya jarayonlari to‘g‘risidagi savollariga batafsil javob berildi.

Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish