Yoshlar yetakchilari uchun malaka oshirish o‘quvlari yakunlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Toshkent shahridagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan Yoshlar yetakchilari uchun “Yoshlar bilan ishlovchi xodimlarning diniy yo‘nalishdagi bilimlarini oshirish” yo‘nalishida shartnoma asosida malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o‘tdi.
36 soatlik mazkur o‘quvlarda jami 30 nafar tinglovchi ishtirok etdi.
Tasdiqlangan o‘quv rejaga muvofiq, belgilangan jadval asosida turli vazirlik va idoralardan jalb etilgan sohaning malakali mutaxassislari tomonidan dars mashg‘ulotlari olib borildi.
Mazkur o‘quvlardan ko‘zlangan maqsad, yoshlar bilan ishlovchi xodimlarning mahallalardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan ishlashni yanada takomillashtirish, yoshlar o‘rtasida radikallashuv va mutaassiblik g‘oyalari tarqalishini oldini olish, ularni yot g‘oyalar salbiy ta’siridan muhofaza qilish, yoshlarga jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishga ko‘maklashish, oilalarda er-xotin, ayollar va bolalar o‘rtasidagi sog‘lom munosabatlar muhitini yanada rivojlantirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat.
Dars mashg’ulotlaridan so’ng tinglovchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi. Tinglovchilarga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyati hamda “Manbalar xazinasi”da saqlanayotgan nodir kitoblar haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazidagi bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishtirildi
O‘quvlar yakunida tinglovchilarga malaka oshirish o‘quvlarini muvaffaqiyatli tamomlanganligi to‘g‘risidagi sertifikat va tarqatma materiallar taqdim etildi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish