449

1-bosqich talabalari bilan uchrashuvlar davom etmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida talabalikka qabul qilingan yigit-qizlar uchun Akademiya rahbariyati tomonidan ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar, uchrashuvlar tashkil etilishi davom etmoqda. Ana shunday tadbirlardan birida Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Shavkat Mavlanov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i Munira Qahhorova, Xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sayyora Chinniyeva, Yoshlar ittifoqi Akademiya boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Abduvahob To‘xtanazarov hamda talabalar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Shavkat Mavlanov so‘z olib, yoshlarga Akademiyada yoshlar bilan ishlashda o‘ziga xos yangiliklar, talabalik davomida yutuqlarga erishgan yoshlar haqida ma’lumot berdi. Talabalarga bilim olishdan to‘xtamay, o‘z ustilarida ishlashlari kerakligi, buning uchun Akademiyada barcha sharoitlar yaratilganini ta’kidladi. Tadbirda Akademiyaning ichki tartib-qoidalari, talabalarning odob-axloq masalalari haqida ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng siyosiy fanlar doktori, professor Zohidullo Munavvarov tomonidan “Mustaqillik darsi” o‘tkazildi. Zohidullo Munavvarov yoshlarga vatanni sevish haqiqiy baxt ekanligi, mamlakatimiz tinchligini asrab-avaylash, uning taraqqiyotiga hissa qo‘shish har bir farzandning burchiga aylanishini alohida ta’kidladi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish