2

Sport – sog‘lom hayot garovi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosi yuzasidan joylarda “Parij-2024” yozgi olimpiada va paralimpiya o‘yinlarida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilgan sportchilar uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida velosiped sport turi bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustalari bilan davra suhbati o‘tkazildi.

O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan davra suhbatida Velosport federatsiyasining Toshkent shahar bo‘limi Bosh kotibi Abduaziz Abdurazakov, velosiped sport turi bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi, ikki karra Osiyo chempionati kumush medali sovrindori Danil Yevdokimov, ikki karra Osiyo chempionati bronza medali sovrindori, ko‘p karra O‘zbekiston chempionati va kuboklari g‘olibi Sevinch Yuldasheva, velosiped sport turi bo‘yicha oliy toifali murabbiy, O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Aziz Masharipov hamda paravelosport bo‘yicha ikki karra jahon chempionati sovrindori Aziz Ataxo‘jayev ishtirok etdi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar tomonidan bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan sportga qaratilayotgan e’tibor, buning natijasi o‘laroq, yoshlarimiz sport sohasida dunyo arenalarida yuksak marralarni zabt etayotgani haqida alohida ta’kidlandi. Xalqaro miqyosdagi musobaqalarda g‘olib va sovrindorlikka erishgan sportchilarning yutuqlari e’tirof etildi.

Darhaqiqat, keyingi yillarda jismoniy tarbiya va sport sohasini jadal rivojlantirish, ayniqsa, yoshlarni ommaviy sportga jalb etishga alohida e’tibor berilayotgan bo‘lib, ayniqsa, velosport turlarini rivojlantirish bo‘yicha alohida qarorlar qabul qilinib, tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Velosiped sporti bo‘yicha 2019-yil O‘zbekiston tarixida ilk marotaba 40 dan ortiq davlatlar velosipedchilari ishtirokida Osiyo chempionati o‘tkazildi. Ushbu xalqaro sport musobaqasida Milliy terma jamoamiz umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2021-2024-yillar davomida 79 ta xalqaro musobaqada ishtrok etib jami 101 ta medal (33 oltin 36 kumush 32 bronza) qo‘lga kiritdi. 

Davra suhbatida sportchilar o‘zlarining erishgan yutuqlari, sport va jismoniy tarbiyani inson hayoti va har qanday sohadagi o‘rni va ahamiyati borasida ma’lumotlari bilan o‘rtoqlashdilar. Bu kabi uchrashuvlar talaba-yoshlar orasida sportga bo‘lgan qiziqishni orttishiga xizmat qilishi qayd etildi.

Tadbir davomida sportchilar bilan talaba-yoshlar o‘rtasida qizg‘in savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

Yakunda mehmonlarga Akademiya rahbariyatining esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish