Yangi o‘quv yili “Mustaqillik darsi”dan boshlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida yangi 2021-2022-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” deb nomlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bo‘lim boshlig‘i Bobomurod Rustamov, Akademiya rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Tantanali tadbirdan so‘ng auditoriyalarida “Mustaqillik darsi” o‘tkazildi. Unda yoshlarga vatanni sevish haqiqiy baxt ekanligi, mamlakatimiz tinchligini asrab-avaylash, uning taraqqiyotiga hissa qo‘shish har bir farzandning burchiga aylanishi, eng asosiysi, bu niyat va maqsadlarga erishish yo‘lida talabalar kuchli bilimga ega bo‘lishi, odob-axloq, tarbiya bilan kamolga yetishi zarurligi alohida ta’kidlandi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish