Professor-o‘qituvchilar uchun o‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda
Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida professor-o‘qituvchilar uchun 2024/2025-o‘quv yili qishki ta’til kunlarida o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda.
25-dekabrdan boshlangan mazkur darslar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Barcha oliy, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari talabalari va o‘quvchilarining qishki ta’til davrini mazmunli o‘tkazish hamda professor-o‘qituvchilar uchun seminarlar tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash doirasida o‘tkazilmoqda.
Bugungi darslar doirasida “Clarivate” kompaniyasining O’zbekistondagi rasmiy maslahatchisi Diana Abdumuminova hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalari va grantlar bilan ishlash bo‘limi mutaxassisi Davron Lutfullayev tomonidan “Pivot-RP xalqaro ilmiy grantlar bazasida ilmiy loyihalar taqdim qilish amaliyoti” mavzusida ma’ruza darsi o‘tkazildi.
Ma’ruzachi tomonidan Pivot-RPdan ro‘yxatdan o‘tish, foydalanish, uning afzallik jihatlari, loyiha turlari, loyihalarni tasniflash, taqdim etish yoʻllari va qoʻlga kiritish boʻyicha batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, bazadagi xalqaro konfrensiyalar, stajirovkalar hamda ularda ishtirok boʻyicha amaliy koʻnikmalar shakllantirildi.
Ushbu platforma tadqiqot grantlarining eng yirik xalqaro ma’lumotlar bazasi bo‘lib, dunyo bo‘ylab yuzlab universitetlar va tadqiqot tashkilotlari olimlari ushbu manbadan o‘zlarining tadqiqotlari uchun mos grantlar va mablag‘larni topish uchun foydalanadi.
O‘quv mashg‘ulotlari 7-yanvarga qadar davom etadi.
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish